Biz haqimizda. JAYUZISHTORI.UZ Biz 17 yillik tajribaga ega bo‘lgan jalyuzi va parda yechimlari bo‘yicha ishonchli kompaniyamiz. Faoliyatimiz davomida 15 000 dan ortiq mijozning honadonlari, ofislari va tijorat obyektlariga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz. Mahsulotlarimiz zamonaviy dizayn, yuqori sifat va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Biz Eron, Xitoy va Turkiya yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan bevosita hamkorlik qilamiz, bu esa mijozlarimizga keng tanlov va maqbul narxlarni taklif etish imkonini beradi. Har bir buyurtmaga individual yondashuv, aniq o‘lchov, professional o‘rnatish va kafolatli xizmat — bizning ustuvor qadriyatlarimizdir. Maqsadimiz — uyingiz va ish joyingizga qulaylik, go‘zallik va ishonch olib kirish.